AsosiyJamiyat

Sirdaryolik yo`qolgan maktab o`quvchisini topishda yordam bering

'Sirdaryolik yo`qolgan maktab o`quvchisini topishda yordam bering'ning rasmi

Bosh prokuraturaning ma`lum qilishicha, Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Bog`ishamol mahallasi 58-uy, 3-xonadonda yashovchi, 04.12.2003 yilda tug`ilgan Xamraqulova Fotima Ali qizi bedarak yo`qolgan. 

Hamraqulova Fotima 2020 yil 17 mart kuni soat 19.20 da yashash uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

U haqida ma`lumot: millati o`zbek, O`zbekiston fuqarosi, 8-sonli umumta`lim maktabining 10 "a "sinf o`quvchisi, muqaddam sudlanmagan. 

Belgilari: Bo`yi taxminan 155x160 sm, gavdasi to`ladan kelgan, yuzi yumoloq, sochi va qoshi qalin qora rangda, ko`zi ham qora rangda, qulog`i va burni o`rtacha kattalikda. 

Yo`qolgan kuni egnida jigar rang ko`ylak, ko`ylak ustidan oq rangli sport kiyimi, qora rangli gamaj, oyog`ida esa kul rangli sport poyafzali bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar