AsosiyJamiyat

Farg`onada yolg`on ma`lumot tarqatishga uringan shaxsga ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi

'Farg`onada yolg`on ma`lumot tarqatishga uringan shaxsga ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi'ning rasmi

Karantin davrida jamoat tartibini buzib, yolg`on ma`lumot tarqatishga uringan shaxsga nisbatan ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

     28.03.2020 yil soat 10-30 larda fuqarolar Uchko`prik dehqon bozori nazoratchisi Yu.A.ga murojaat qilib, bozor hududida asossiz qimmat narxlarda kartoshka maxsuloti sotayotgan shaxs haqida xabar berishgan.

     Yu.A. bozor hududida savdo qilayotgan ushbu shaxsni bozor hududidan chiqarish choralarini ko`rib, fuqarolarga maxsulotlar arzon sotilayotgan joyni tushuntirayotgan vaqtda fuqaro Sh.Ch. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o`zining uyali telefonidan jarayonni video tasvirga olib, ushbu video ma`lumotlarni asossiz qimmat narxlarda maxsulotlar sotilayotganligi haqida internet tarmog`ida chiqarishini aytib, jamoat joyida A.Yu.ni uyatli so`zlar bilan haqorat qilgan.

     31.03.2020 yilda Uchko`prik tuman ma`muriy sudi tomonidan fuqaro Sh.Ch.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi bilan 12 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar