1

Avtomobillarga maxsus ruxsatnoma oluvchilar uchun elektron tizim ishga tushirildi

Hi-tech 01.04.2020, 21:39
Teglar: rusatnoma, elektron
Avtomobillarga maxsus ruxsatnoma oluvchilar uchun elektron tizim ishga tushirildi

Avtomobillarga maxsus ruxsatnoma olmoqchi bo`lganlar, buning uchun elektron so`rovnoma to`ldirib murojaat qiluvchilar uchun avtomat tizim ishga tushirildi. Bu funksiya avtomatik ravishda murojaatchining faoliyat turi belgilangan tartibga muvofiq yoki nomuvofiqligini tekshirib ruxsat beradi yoki rad etadi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Aynan ushbu funksiya yordamida 2 soat ichida 50  mingga yaqin elektron so`rovnomalarga tizim tomonidan rad etilganligi to`g`risidagi xabarnomalar shakllantirildi.

Arizangizni rad etilganligi yoki ko`rib chiqilayotganligi haqidagi ma`lumotni Davlat xizmatlari Markazida emas, balki faqat my.gov.uz portalida bilishingiz mumkin.

"Karantin qoidalarini buzib Markazga behudaga bormasligingizni so`raymiz. O`zingizni va yaqinlaringizni asrang!Karantin talablariga rioya eting! Uyda qoling!" deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1