AsosiySport

Rustam Qosimjonov Schachbundesliga chempioni!

Shaxmat bo`yicha klublar o`rtasidagi Germaniya chempionatida hamyurtimiz Rustam Qosimjonov o`ynayotgan “OSG Baden-Baden” klubi chempionga aylandi. Schachbundesliga 2014/2015 chempionatida sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov birorta marta ham mag`lubiyatga uchramadi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.

Hamyurtimiz o`zi o`ynagan partiyalarda 5 ta g`alaba va 2 ta durangga erishdi. Bu bilan u 86 foiz natija qayd etdi. Ikkinchi o`rinni GM Rustem Dautov (Germaniya, 2604, 83%) egallagan bo`lsa, keyingi o`rinlarni GM Aleksey Shirov (Latviya, 2691, 80%) GM Arkadiy Naydich (Germaniya, 2710, 80%) band etishdi. Qosimjonovning “Baden Baden” klubi so`nggi turlarda “Hamburg” (14-tur) jamoasini 8:0, “Rostock” (15-tur) klubini 7:1 hisobida engdi. 29 ochko jamg`argan “Baden” klublar o`rtasida Germaniya chempioniga aylandi. “Werder Bremen” klubi 26 ochko bilan kumush medalga ega chiqqan bo`lsa, kuchli uchlikka 21 ochko bilan “SV 1930 Hockenheim” jamoasi yakun yasadi.

Ma`lumot o`rnida aytish joiz, shaxmat bo`yicha Germaniya Oliy ligasida 16 ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar aylana tizimda 15 ta turda o`zaro munosabatlariga oydindik kiritib olishadi. Har bir o`yin 8 ta doskada o`tkaziladi.

 

    Boshqa yangiliklar