AsosiyJamiyat

"O`zbekneftgaz": O`zbekistonda dizel yonilg`isining narxi arzonladi

'"O`zbekneftgaz": O`zbekistonda dizel yonilg`isining narxi arzonladi'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2020 yilning 30 mart kuni O`zbekiston tarixida ilk bora “Evro-4” va “Evro-5” sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yonilg`isining ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yilgan edi.

2020 yilning 1 mart kunidan boshlab “O`zbekneftgaz” AJning “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg`i quyish shoxobchalari tarmog`ida dizel yonilg`isining narxi 200 so`mga kamaytirilgan edi.

Ertaga, 3 aprel kunidan e`tiboran, dizel yonilg`isi narxi 300 so`mga arzonlashtirilgan holda sotuvga chiqariladi. Guvohi bo`layotganingizdek, dizel yonilg`isining narxi bir oy vaqt davomida 500 so`mga pasaydi.

Narxlar masalasida shuni ta`kidlash kerakki, “O`zbekneftgaz” yoqilg`i quyish shoxobchalari tarmog`i orqali sotiladigan dizel yoqilg`isining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan sotilayotgan dizel yoqilg`isi narxidan 11,5% arzondir.

- Biz doimiy ravishda aholiga sotilayotgan mahsulot tannarxini muntazam o`rganamiz va tahlil qilamiz, - deydi “O`zbekneftgaz” AJga qarashli “UNG Petro” direktori Mirzohid Musaev.

“O`zbekneftgaz” AJ narxlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borishda davom etadi.

Eslatma: Iste`molchilar AYoQShlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to`liq va aniq ma`lumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar