AsosiyJamiyat

Toshkentda bank xodimi 61 ming dollar pora bilan ushlandi

U bu pul evaziga yangi qurilayotgan uylardan ipoteka krediti ajratib berishni va’da qilgan.

'Toshkentda bank xodimi 61 ming dollar pora bilan ushlandi'ning rasmi

Sergeli tumanida fuqaroga ipoteka krediti ajratib berishi evaziga 61 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritgan firibgarlar aniqlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat banki filiali yetakchi mutaxassisi M.T. va fuqaro Sh.A. fuqaro F.E.ga yangi qurilayotgan uylardan birini kredit evaziga xarid qilish uchun ipoteka krediti ajratib berishlarini va’da qilgan. Oldindan boshlang‘ich to‘lov sifatida fuqaroning 61 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar