AsosiyJamiyat

Sirdaryoda o‘qituvchi o‘quvchining qo‘liga igna sanchib, hojatxonaga chiqarmay qiynayotgani aytilmoqda

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganmoqda.

'Sirdaryoda o‘qituvchi o‘quvchining qo‘liga igna sanchib, hojatxonaga chiqarmay qiynayotgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "O‘quvchilar igna sanchish bilan jazolanayotgani aytilmoqda" mazmunidagi xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganmoqda.

Aniqlanishicha, joriy yilning 14 oktyabr kuni Andijon viloyati, Andijon tumanida yashovchi fuqaro E.S. (erkak) IIB ga murojaat qilib, Sirdaryo tumanidagi 27-sonli maktabda 1-sinfda tahsil olayotgan qizi G‘.O. (2017 yilda tug‘ilgan) ni o‘qituvchisi A.G. (ayol) qo‘liga igna tiqqanligi va hojatxonaga chiqarmasdan ruhiy tazyiq o‘tkazganligini bildirgan. 

Hozirda tuman IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jarohat darajasini aniqlash uchun voyaga yetmagan G‘.O. ga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar