AsosiyJamiyat

OTMlarda o`qish 2 sentyabrdan boshlanadi degan xabarlarni vazirlik rad etdi

'OTMlarda o`qish 2 sentyabrdan boshlanadi degan xabarlarni vazirlik rad etdi'ning rasmi

Darslar 2 sentyabrdan boshlanishi haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan asossiz xabarlarni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi rad etdi.

«Talabalar o`quv yilining 2-yarmini onlayn tarzda o`zlashtirib boradi va o`quv dasturlari tugagandan keyin onlayn test orqali o`quv yilining 2-yarmi uchun baholanadi», deyilgan norasmiy xabarda.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bu xabarning asossiz ekanini e`lon qilmoqda.

«Talabalarning oliy ta`lim muassasalariga qaytishi Respublika Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi karantin holatining bekor qilinishiga bog`liq», – deyiladi rasmiy bildirishda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida, barcha ta`lim muassasalarida darslar 16 martdan boshlab to`xtatilgan.

Boshqa yangiliklar