AsosiyDunyo

Endi xitoyliklar it va mushuk go`shtini emaydi. Bunga taqiq qo`yildi

'Endi xitoyliklar it va mushuk go`shtini emaydi. Bunga taqiq qo`yildi'ning rasmi

Xitoy hukumati Shenchjen shahrida it va mushuklar go`shtini iste`mol qilishni taqiqladi. Bu haqda Lenta.ru «BBC News» manbasiga tayanib ma`lum qildi

Saytning yozishicha, it va mushuklar go`shtini iste`mol qilish bo`yicha cheklov koronavirus epidemiyasi bilan bevosita bog`liq bo`lib, mamlakatda ilk bor kuzatilmoqda. U 2020 yil 1 maydan kuchga kiradi.  

Aytish joizki Gonkongda it va mushuklarni o`ldirish bo`yicha avvaldan javobgarlik mavjud. Ya`ni jonivorlarni o`ldirganlar 640 dollar miqdorida jarimaga tortiladi. Ammo iste`mol qilish borasida oldin cheklov berilmagan. Endilikda bu hayvonlarni iste`mol qilishga ham cheklov qo`yildi.

Boshqa yangiliklar