AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi — "coronavirusYordam" onlayn telegram bot kanali ishga tushdi

Sog`liqni saqlash vazirligi UZINFOCOM yagona integratori bilan hamkorlikda bugungi kungi e...

'O`zbekistonda yangi — "coronavirusYordam" onlayn telegram bot kanali ishga tushdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi UZINFOCOM yagona integratori bilan hamkorlikda bugungi kungi epidemiologik vaziyatda aholi o`rtasida targ`ibot ishlarini samarali va to`g`ri tashkil qilish, fuqarolarni koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq barcha savollariga to`laqonli hamda ishonchli javob berish maqsadida “coronavirusyordam” (https://t.me/coronavirusYordamBot) onlayn telegramm bot kanalini ishga tushirdi. Bu haqda Vazirlik Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Eslatib o`tamiz, yurtimizda koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olishda ko`rilayotgan choralar to`g`risida ob`ektiv va ishonchli ma`lumot bilan ta`minlash, aholini qiziqtirgan savollariga javob berib borish maqsadida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan 1003 qisqa raqamli Call-markazi ishga tushirilgan edi. Mazkur qisqa raqam orqali bugungi kunda aholi o`zini qiziqtirayotgan savollariga tibbiyot sohasining malakali xodimlari tomonidan javoblar olmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda fuqarolar Call-markaziga murojaat qilgan vaqtda qo`ng`iroqlarga uzoq vaqt javob kutishlarining oldini olish maqsadida, Sog`liqni saqash vazirligining COVID-19 bo`yicha rasmiy sayti (http://coronavirus.uz)da yana bir qulaylik yaratildi. Ya`ni veb-saytda aholi tomonidan ko`p berilayotgan savollar to`plami va ularga javoblar qulay shaklda joylashtirilgan. Buning uchun saytning bosh sahifasidagi “COVID-19 bo`yicha Sizni qiziqtirayotgan savollarga javoblar olish” matni ostidagi “boshlash” tugmasini bosish kifoya. Toifalarga bo`lingan savollar ichidan o`zingizni qiziqtirganini topasiz. 

Fuqorolar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob topa olmagan holda esa “Agar savollaringizga javob topa olmasangiz, operator bilan bog`laning” matni qarshisidagi “onlayn maslahatchi” tugmasini bossalar telegram botga o`tadilar. Shuningdek, botga telegramda qidirish orqali ham kirish mumkin.

Ushbu telegram botda aholini eng ko`p qiziqtiradigan mavzularda malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan savollar va ularning javoblari mazmunan guruhlarga ajratilib joylashtirilgan. Bundan tashqari, fuqarolar operatorlarga savol yo`llashlari va ulardan yozishma orqali javob olishlari mumkin. Onlayn maslahatchi modulining operatorlari 24/7 shaklda faoliyat yuritib kelishmoqda. 85 nafar tajribali shifokor, professor va o`qituvchilardan iborat guruh tunu kun onlayn tartibida aholi tomonidan kelib tushayotgan barcha savollarga javob berishmoqda. Bot-maslahatchi o`zbek va rus tillarida yuritilmoqda.

Shu bilan birga, Sog`liqni saqlash vazirligining COVID-19 bo`yicha rasmiy sayti (http://coronavirus.uz) orqali koronavirus infeksiyasini aniqlash bo`yicha dastlabki testni topshirish imkoni ham yaratgan. Buning uchun veb-sayt o`ng burchagidagi “COVID-19ni aniqlash bo`yicha dastlabki test” qizil tugmani bosib, berilgan savollarga javob berish lozim. Test savollari malakali virusologlar tomonidan shakllantirilgan.

Shu munosabat bilan, Sog`liqni saqlash vazirligi fuqarolardan ishonchli va to`laqonli ma`lumot olish uchun 1003 qisqa raqamli Call-markaziga murojaat qilishlari hamda COVID-19 bo`yicha rasmiy sayti (http://coronavirus.uz), “coronavirusyordam” telegramm bot kanalidan foydalanishlarini tavsiya etadi. 

Sog`liqni saqlash vazirligi fuqarolarimizning har bir murojaati e`tibordan chetda qolmasligi, ularni ishonchli ma`lumotlar bilan ta`minlash yo`lida astoydil harakat qilmoqda. 
 

    Boshqa yangiliklar