Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim anonim foydalanuvchilar tomonidan asia-times.org internet nashrining O`zbekistonda koronavirus infeksiyasidan odamlar o`lgani haqidagi, xususan, mashhur shou-biznes vakili Ravshan Yo`ldoshevni ham shu kasallikdan o`lgani to`g`risida xabar tarqaldi.

SSV ushub masalaga oydinlik kiritib ma`lumot yolg`on ekani haqida ma`lumot berdi.
Eslatib o`tamiz, Ravshan Yo`ldoshev 30 mart kuni yurak xurujidan vafot etdi.
Ma`lumot o`rnida, mashhur prodyuser, "Tarona rekords" prodyuserlik markazining asoschisi va rahbari bo`lib ishlagan marhumning bugun 2 aprelda tug`ilgan kuni edi. U hayot bo`lganda 59 yoshga to`lgan bo`lardi. Uning farzandlari Anora va Asal o`zining instagram tarmog`ida dadasini tabriklab uni yodga olishdi.









