Xabaringiz bor, respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko`ra, viloyatlar o`rtasidagi qatnov, xususan, odam tashish haydovchilarga taqiqlangan, ammo ayrim uddaburon haydovchilar buning ham yo`lini topishibdi. Samarqandda Toshkentdan Xorazmga yuk mashinasida odam tashigan haydovchi ushlandi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” ko`rsatuvida videolavha namoyish qilindi.






