1

Karantin davrida plastik kartaning muddati tugab qolsa nima qilish kerak?

Iqtisodiyot 03.04.2020, 17:53
Teglar: karantin, plastika karta
Karantin davrida plastik kartaning muddati tugab qolsa nima qilish kerak?

Karantin davrida plastik kartaning muddati tugab qolsa, uni bankka bormasdan uzaytirish imkoniyati bormi? Bu savolga markaziy bank javob berdi.

Ma`lumki mijozlarning bank kartasi yo`qotilganda yoki bank kartasining amal kilish muddati tugayotganda yangisiga almashtirish yoxud yangi bank kartalarini ochish borasida tijorat banklari tomonidan ushbu masalalardagi murojaatlarni masofadan turib (onlayn) qabul qilish imkoniyati yaratilgan.

Bunda ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlar loyihasi doirasidagi bank kartalari bo`yicha korxona yoki tashkilotlarning bosh hisobchisi yoki korxonaning ishonchli vakili tegishli ma`lumotlar bilan xizmat ko`rsatuvchi bank filialiga murojaat qiladi.

Aholining shaxsiy bank kartalari bo`yicha esa, mijoz axborot kommunikasiya tizimlari orqali tegishli bankka murojaat etadi.

Tijorat banklari to`lovlarni amalga oshirish uchun mijozning bank kartasini mobil telefon raqamiga biriktiradi.

Kartani emissiya qilgan (chiqargan) bank mijozlarga etkazib berish uchun pochta yoki inkassasiya xizmati yoxud boshqa imkoniyatlardan foydalanishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1