AsosiyDunyo

NATO Tramp zerikib ketmasligi uchun sammitni qisqartirdi

Joriy yilgi “G7” sammitida Tramp tadbirni muddatidan oldin tark etib, boshqa davlat rahbarlarini ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilgan.

'NATO Tramp zerikib ketmasligi uchun sammitni qisqartirdi'ning rasmi

Shimoliy Atlantika alyansi — NATO bu yilgi sammit dasturini an’anaviy uch sessiyadan faqat bir sessiyaga qisqartirdi. Gap, AQSH prezidenti Donald Trampning sabrsizligi va kutilmagan harakatlaridan ehtiyot bo‘lishda. Bu haqda “The Financial Times” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gollandiyaning Gaaga shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitda ishchi sessiya atigi 2,5 soat davom etadi. Bu qaror Trampning yig‘ilish davomida zerikib, uni erta tark etmasligi uchun qabul qilingan.

“Bu chora Tramp zerikmasin va sammitni o‘rtasida tark etmasin degan maqsadda ko‘rilgan”, — deb yozadi FT.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilgi “G7”sammitida Tramp tadbirni muddatidan oldin tark etib, boshqa davlat rahbarlarini ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilgan edi. NATO rasmiylari bu safar bunday holatga yo‘l qo‘ymaslikka urinmoqda.

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte sammitda faqat bitta muhim masalaga e’tiborni jamlash tarafdori — bu harbiy xarajatlarni 2030 yilgacha YAIMning 5 foizigacha oshirish taklifi. Hozircha bu rejalarga Ispaniya va yana bir nechta davlat qarshilik qilmoqda. Ispaniya hukumati mudofaa xarajatlarining ortishi ijtimoiy ta’minotga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotirda.

Sammit 24–26 iyun kunlari Gaagada bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirok etishi ham kutilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Janubiy Koreyadagi zavodda yirik yong‘in: o‘nlab jabrlanmganlar bor'ning rasmi

    Dunyo 20.03.2026 14:35

    Janubiy Koreyadagi zavodda yirik yong‘in: o‘nlab jabrlanmganlar bor

    Toshkent shahridagi avtoehtiyot qismlar ishlab chiqarish zavodidagi yong‘in oqibatida kamida 53 kishi jarohatlandi, 14 kishi bedarak.

    'Kim Chen In qizi bilan tanishuvda: yangi zamonaviy tankda “sayr”'ning rasmi

    Dunyo 20.03.2026 11:52

    Kim Chen In qizi bilan tanishuvda: yangi zamonaviy tankda “sayr”

    Tank ustida o‘tirgan ota-qizning suratlari e’lon qilindi.

    'Netanyahu Eron energetika ob'ektlariga hujum qilmaslikka rozi bo'ldi'ning rasmi

    Dunyo 20.03.2026 08:55

    Netanyahu Eron energetika ob'ektlariga hujum qilmaslikka rozi bo'ldi

    Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Trump Isroil bilan bu masalada kelishuvga erishilganini aytdi.

    'Eron IIVK F-35 urilganini ma'lum qildi, video tarqatildi.'ning rasmi

    Dunyo 20.03.2026 05:46

    Eron IIVK F-35 urilganini ma'lum qildi, video tarqatildi.

    Bu haqda IИQK bayonotiga tayanib, “Fars” axborot agentligi xabar berdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.03.2026 04:05

    'Senat Trumpning Eronga qarshi harakatlarini cheklashni rad etdi'ning rasmi

    Dunyo 20.03.2026 04:05

    Senat Trumpning Eronga qarshi harakatlarini cheklashni rad etdi

    AQSh Senati qonunchilarining Prezident Donald Trumpning Eronga qarshi harbiy harakatlarini cheklash bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlamadi.