1

Toshkentdagi 300 dan ortiq mahallada oziq-ovqat yarmarkalari tashkil qilinmoqda

Iqtisodiyot 03.04.2020, 22:05
Teglar: Toshkent, yarmarka
Toshkentdagi 300 dan ortiq mahallada oziq-ovqat yarmarkalari tashkil qilinmoqda

Bugungi sinovli sharoitda aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta`minlash, narx-navo barqarorligini saqlash muhim ahamiyatga ega. Biroq hozirgi karantin sharoitida joriy etilgan cheklovlar kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini joyiga borib, sotib olishda noqulayliklar tug`dirmoqda. 

Shu sababli yurtdoshlarimizning uzog`ini yaqin qilish maqsadida Toshkent shahridagi 300 dan ortiq mahallalarda oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Toshkent shahar prokuraturasi matbuot xizmati ma`lum qilishicha, tashkil etilayotgan yarmarkalar grafik asosida - har uch kunda bo`lib o`tmoqda. Aholining xabardorligini oshirish uchun har bir mahallada yarmarka tashkil etiladigan kun va soatlar grafiklari osib qo`yilgan.

Mana shunday yarmarkalar poytaxtning Bektemir, Uchtepa va Shayxontoxur tumanidagi mahallalarda tashkil etildi. Bu ko`chma bozorlarda aholiga 14 turdagi mahsulot: 10 tonna kartoshka, 3 tonna piyoz, 1 tonna yog, 300 kgdan pomidor va bodring, guruch, makaron va boshqa mahsulotlar etkazib berildi.

Ayni paytda savdo nuqtalarida mahsulotlar narxlarining asossiz oshishining oldini olish masalalari prokuratura va departament organlari tomonidan alohida nazoratga olingan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1