Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda o`zini Nurafshon shahridan deb tanishtirgan ayolning videomurojaati esa keng muhokamalarga sabab bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o`tamiz, qideomurojaatda ayolga hokimlikdan yordam uchun mahsulotlar jo`natilganligini ko`rishingiz mumkin. Ayol mahsulotlarni birma bir sanaydi va u uchun "arzimas" bo`lgan bu mahsulotlarni jo`natib, hokimlik kambag`allarning ustidan kulganligini aytgan.
Ushub videoga Toshkent viloyati hokimligi munosabat bildirdi.
"Videoda ko`rsatilgan va bu xonadonga yuborilgan ehson Nurafshon shahri hokimiga bevosita aloqador emasligini bildiramiz hamda internet foydalanuvchilaridan vaziyatga alohida e`tibor qaratmaslik va tomonlarning hech birini aybdor hisoblamaslik, shu mazmundagi izohlar yozishni to`xtatishni iltimos qilamiz" deyiladi xabarda.
Shuningdek "Yulduz Nazirova – bizning hamyurtimiz, mahalliy hokimlik tomonidan, bu oilaning oyoqqa turishi, yaxshi turmush kechirishi uchun barcha yordam ko`rsatiladi. Uning hozirgi oilaviy sharoiti va o`zaro suhbat davomida ma`lum bo`lgan boshqa ijtimoiy muammolar qisqa fursatlarda, ijobiy tomonga o`zgaradi" deyiladi hokimlikning Darakchiga bergan ma`lumotida.
Suratda: Nurafshon shahri, “Navro`z” mahalla fuqarolar yig`ini, Yulduz Nazirova xonadoni.






