1

Koronavirusdan shifo topgan bemor klinika eshigiga xat yozib qoldirdi

Dunyo 03.04.2020, 22:58
Teglar: koronavirus, bemor
Koronavirusdan shifo topgan bemor klinika eshigiga xat yozib qoldirdi

COVID-19 infeksiyasidan shifo topgan Nik Braun ismli inson o`zi davolanib chiqqan Ogayo klinikasining eshigiga xat yozib qoldirdi. Bu haqda The Mirror xabar berdi.

38 yoshli bu erkak koronavirus infeksiyasini juda og`ir o`tkazdi. Shifokorlar uning o`pkasini sun`iy ventilyasiya uskunasiga ulab qo`yishdi. Xotiniga esa erining ahvoli og`irligini, agar yuragi ko`tara olmasa vafot etishi ham mumkinligini aytishdi. 

Har kuni tibbiyot xodimlari bemorga eshikning oynali derazasida uning ko`nglini ko`taruvchi maktublar yozib qoldirishar, u og`ir ahvolda yotganida ham "biz sizni tez orada uyingizga kuzatib qo`yamiz", "siz yaqinlaringizga keraksiz", "tezroq tuzaling, uyingizda sizni kutishmoqda" kabi so`zlarni o`qib yotardi. Yuziga tabassum yugurardi.

Nik Braun kasallikdan tuzalgach, ketish oldidan u ham shifokor va hamshiralarga javob xati yozib qoldirdi. 

"Bu eshik oynasi mening hayotimda juda muhim bo`lib qoldi. Men uzun kunlar sizning mashaqqatli ishingizni kuzatib yotdim, siz meni va men kabi bemorlarni qutqarish uchun barcha ishni qildingiz. Men o`shanda sizga minnatdorlik bildira olmadim. Menga qilgan bu yaxshiliklaringizni qaytara olamanmi... Ammo hech qachon kasal bo`lmang. Sizlar haqiqiy qahramonsizlar!"

Sharhlar

Samarqand va Toshkentda ham 14 nafar bemor dardni ortda qoldirdi

05.05.2020, 14:22

Samarqand viloyatida 10 nafar, Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 14 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog`ayib, reabilitasiyaga kuzatildi. Bu haqda...
Toshkentda 23 nafar bemor tuzaldi, ular orasida homilador ayollar bor

03.05.2020, 16:42

Toshkent tibbiyot akademiyasining  ko`p tarmoqli klinikasidan 14 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 7 nafar hamda Toshkent shahridagi 3-sonli tug`ruq majmuasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan...
Toshkent shahridagi «Ibn Sino» nomli 1-son klinik shifoxonasi bilan bog`liq audiolar yuzasidan SSV rasmiy axborot berdi

22.03.2020, 18:22

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi «Ibn Sino» nomli 1-son klinik shifoxonasi bilan bog`liq audiolar tarqaldi. Unda koronavirusga chalingani taxmin qilingan bemor shifoxonaga joylashtirilishiga qattiq qarshilik...
Testlar ham adashishi mumkin

22.03.2020, 18:04

Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovning ma`lum qilishicha, Xorazmdagi bemorda dastlabki tekshiruv natijalari u koronavirusga chalinganini ko`rsatgan va  koronavirus bemorlari ro`yxatiga kiritilgan.  Takroriy tekshiruvda, boshqa...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1