1

Zelenskiyga suiqasdning oldi olingani ma`lum qilindi

Dunyo 08.05.2024, 14:41
Teglar: Zelenskiy, suiqasd
Zelenskiyga suiqasdning oldi olingani ma`lum qilindi

Ukraina xavfsizlik xizmati o`z xodimlari Prezident Vladimir Zelenskiy va mamlakatning boshqa yuqori martabali rahbarlarini o`ldirish rejasini fosh qilgani haqida ma`lumot berdi. Ukrain maxsus xizmatlari suiqasdni tayyorlashda Rossiya hukumatini ayblagan. Bu haqda BBS News xabar berdi

Ukrainada Rossiya maxsus xizmatlarining ko`rsatmalari bilan Prezident Vladimir Zelenskiy, Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk, Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov va boshqa yuqori lavozimli amaldorlarga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko`rayotgan bir necha shaxs qo`lga olindi.

Xabar berilishicha, qo`lga olinganlar orasida Ukraina Xavfsizlik xizmatining ikki nafar polkovniklari ham bor.

Teraktning potensial ijrochisi va Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimi o`rtasidagi suhbatlar yozib olingan", deyiladi xabarda. 

Ukraina davlat qo`riqlash boshqarmasining gumondor xodimlaridan biri ko`rsatma berayotgani aks etgan kadrlarga ko`ra, unga bunday odamlarni izlab topish vazifasi 2022 yil fevral-mart oylarida qo`yilgandi. Videoyozuvda bu shaxs ancha oldin, 2014 yilgi voqealardan keyin Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan yollanganiga iqror bo`ladi.

Ukraina bosh prokurori ofisi o`z telegram-kanalida yozishicha, gumonlanuvchilar Ukraina davlat qo`riqlash boshqarmasidagi xizmat chog`ida «pul evaziga RF FSB vakillariga Ukrainaga qarshi qo`poruvchilik faoliyati amalga oshirishda ixtiyoriy yordam ko`rsatishgan».

Ukraina xavfsizlik xizmati tasdiqlashicha, Budanovni Pasxagacha o`ldirish rejalashtirilgan va suiqasd rejasi quyidagicha bo`lgan: «avvaliga yollangan josus qo`riqlanayotgan odamning qaerlarga borishini kuzatishi va dushmanga bu haqda ma`lumot etkazishi», keyin esa «ushbu amaldor bo`lib turgan uy koordinatalari bo`ylab raketa zarbasi berilishi» kerak edi.

Buning ortidan zarba joyida turgan odamlar ustiga dron zarbasi berilib, buning ortidan yana bir raketa uchib kelishi lozim bo`lgan.

Avvalroq Ukraina mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi boshlig`i Budanov unga qarshi o`nga yaqin suiqasdlar tayyorlangani, xususan, 2023 yil oxirida uning rafiqasi zaharlangani haqida aytib bergandi.

Yaqinda Budanov BBC bilan intervyuda unga hozir ham suiqasd rejalashtirilayotgani, ammo tashkilotchilar hech narsaga erisha olmasligini aytgandi.

“Bizni qiyin davr kutmoqda ammo Ukraina yutqazmaydi”– deydi Budanov. 

Sharhlar

Hech qachon o`z kasbi bo`yicha ishlamagan, "KVN"chi, qiziqchi va aktyorlikdan Ukraina prezidentligigacha... Zelenskiy haqida nimalar ma`lum?

25.01.2023, 10:46

Ukraina Prezidenti va Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo`mondoni Vladimir Aleksandrovich Zelenskiy 1978 yil 25 yanvar kuni Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati, Krivoy Rog shahrida dunyoga kelgan. Bugun...
Zelenskiy Putinning tirikligiga shubha bildirdi

21.01.2023, 11:15

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara qilishdan bosh tortdi, chunki u Rossiya Federasiyasi rahbari tirik ekanligiga ishonchi komil emas. Zelenskiy bu...
“Bema`ni tuzoq", u “yangi tajovuz to`lqini"ga tayyorlanmoqda". Zelenskiy Putinning Rojdestvo sulhini rad etdi

06.01.2023, 10:59

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rojdestvo sulh haqidagi taklifiga munosabat bildirdi. Ukraina rahbarining fikricha, Rossiya shu bahona bilan Ukraina va Evropaga qarshi...
Makron Zelenskiyga so`z berdi: Parij Kievni “yengil tanklar” bilan ta`minlaydi

05.01.2023, 10:01

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiyga Parij Kievga “engil tanklar” etkazib berishini aytdi. Bu haqda "eadaily" xabar qilmoqda.“Prezident AMX-10 RC engil jangovar tanklarini...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1