AsosiyJamiyat

Samarqand va Toshkentda ham 14 nafar bemor dardni ortda qoldirdi

'Samarqand va Toshkentda ham 14 nafar bemor dardni ortda qoldirdi'ning rasmi

Samarqand viloyatida 10 nafar, Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 14 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog`ayib, reabilitasiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (8 nafari Toyloq tumanidan, Samarqand shahri va Bulung`ur tumanidan 1 nafardan) bo`lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning eng kattasi 48 yoshda, eng yoshi kichigi esa 16  yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 24 nafar bemor tuzalgan bo`lsa, endilikda ular 34 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog`ayganlarning 3 nafari poytaxtimizdan, 1 nafari esa Toshkent viloyatidan bo`lib, ular ham koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 2 nafari erkak, 2 nafari ayol bo`lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo`lsa, eng yoshi kichigi 6 yoshda. Ayni paytda Toshkent shahrida tuzalganlar 459 nafarga etdi.

Hozirda mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar 1454 nafarni tashkil etmoqda.

Boshqa yangiliklar