1

Toshkentda 23 nafar bemor tuzaldi, ular orasida homilador ayollar bor

Salomatlik 03.05.2020, 16:42
Teglar: koronavirus, bemor
Toshkentda 23 nafar bemor tuzaldi, ular orasida homilador ayollar bor

Toshkent tibbiyot akademiyasining  ko`p tarmoqli klinikasidan 14 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 7 nafar hamda Toshkent shahridagi 3-sonli tug`ruq majmuasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog`aydi. Ular Sog`liqni saqlash vazirligi mas`ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining  ko`p tarmoqli klinikasidan sog`ayganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Toshkent viloyatidan, 1 nafardan Xorazm, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan. Ularning 8 nafari Istambul – Toshkent yo`nalishida, 2 nafari Moskva – Toshkent yo`nalishida yurtimizga kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 4 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 10 nafari ayol bo`lib, eng yoshi kattasi 49 yoshda bo`lsa, eng yoshi kichigi 14 yoshda.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 1 nafardan Toshkent hamda Jizzax viloyatlaridan. Ularning 6 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari esa Qozog`iston Respublikasidan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 3 nafari ayol bo`lib, eng yoshi kattasi 43 yoshda bo`lsa, eng kichigi 8 yoshda.

Toshkent shahridagi 3-sonli tug`ruq majmuasidan sog`ayib chiqqan 2 homilador ayol Toshkent shahridan bo`lib, 1 nafari 27 yoshda, yana 1 nafari 24 yoshda. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ayni paytda ularning homilasi yaxshi rivojlanmoqda.  

Toshkent shahrida shu paytga qadar 409 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 432 nafarga etdi.  

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar 1301 nafarga bo`ldi.

Sharhlar

Samarqand va Toshkentda ham 14 nafar bemor dardni ortda qoldirdi

05.05.2020, 14:22

Samarqand viloyatida 10 nafar, Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 14 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog`ayib, reabilitasiyaga kuzatildi. Bu haqda...
Koronavirusdan shifo topgan bemor klinika eshigiga xat yozib qoldirdi

03.04.2020, 22:58

COVID-19 infeksiyasidan shifo topgan Nik Braun ismli inson o`zi davolanib chiqqan Ogayo klinikasining eshigiga xat yozib qoldirdi. Bu haqda The Mirror xabar berdi.38 yoshli bu erkak koronavirus...
Toshkent shahridagi «Ibn Sino» nomli 1-son klinik shifoxonasi bilan bog`liq audiolar yuzasidan SSV rasmiy axborot berdi

22.03.2020, 18:22

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi «Ibn Sino» nomli 1-son klinik shifoxonasi bilan bog`liq audiolar tarqaldi. Unda koronavirusga chalingani taxmin qilingan bemor shifoxonaga joylashtirilishiga qattiq qarshilik...
Testlar ham adashishi mumkin

22.03.2020, 18:04

Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovning ma`lum qilishicha, Xorazmdagi bemorda dastlabki tekshiruv natijalari u koronavirusga chalinganini ko`rsatgan va  koronavirus bemorlari ro`yxatiga kiritilgan.  Takroriy tekshiruvda, boshqa...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1