1

Toshkent shahridagi «Ibn Sino» nomli 1-son klinik shifoxonasi bilan bog`liq audiolar yuzasidan SSV rasmiy axborot berdi

Jamiyat 22.03.2020, 18:22
Teglar: koronavirus, bemor
Toshkent shahridagi «Ibn Sino» nomli 1-son klinik shifoxonasi bilan bog`liq audiolar yuzasidan SSV rasmiy axborot berdi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi «Ibn Sino» nomli 1-son klinik shifoxonasi bilan bog`liq audiolar tarqaldi. Unda koronavirusga chalingani taxmin qilingan bemor shifoxonaga joylashtirilishiga qattiq qarshilik ko`rsatilgani, norozilik ovozlari eshitilgan. Mazkur voqea bo`yicha SSV matbuot xizmati rasmiy axborot berdi.

Unda aytilishicha 21 mart kuni soat 18:15da «Dehli-Toshkent» yo`nalishi bo`yicha Hindistondan uchib kelgan reysda 254 nafar yo`lovchi orasida 9 yoshli bola ham bo`lgan. Sirdaryolik bu bola Hindistonda boshidan operasiya o`tkazgan (ko`pchilik odatda bu davlatga turli operasiyalar o`tkazib kelish uchun boradi – tahr.) va qaytgan paytida tana harorati 39 daraja bo`lgan.

Respublikadagi vaziyat, shifo maskani yaqinligi hisobga olinib, qolaversa «Ibn Sino» nomli 1-son klinik shifoxonasi karantinga olingani va eng muhimi – reanimasiya bo`limida joy borligi uchun bola shu shifoxonaga olib borilgan. Qolaversa, har bir bemor, ayniqsa bolalar sog`ligi uchun shifokorlar javobgardirlar.

Bu shifoxonada saqlanayotganlar va ularning tashqarida turgan yaqinlari orasida «koronavirusga chalingan odam oramizga olib kelindi» degan gap tarqalib, shifokorlarning tushuntirishlariga qaramay keskin noroziliklar bildirilgan.

Keyinchalik bola boshqa ixtisoslashgan shifoxonaga joylashtirilib, reanimasion chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ayni paytda bola o`z kuzatuvchisi bo`lgan bobosi bilan maxsus joyda va ahvoli o`rtacha og`irlikda, koronavirusga oid laborator tekshiruvlar amalga oshirilmoqda. Bemor bu kasallikka chalingani ayni paytda tasdiqlanmagan.

Fursatdan foydalanib, shunday sinov davrida fuqarolarimizdan osoyishtalikni saqlab qolishni, vahimaga berilmaslikni, asossiz ma`lumotlar ta`siriga tushmaslikni yana bir bor so`rab qolamiz. Unutmang, shifokorlar sizning sog`ligingiz va xavfsizligingiz uchun har qachongidan ham ko`proq qayg`urmoqdalar, deyiladi vazirlik xabarida.

Sharhlar

Samarqand va Toshkentda ham 14 nafar bemor dardni ortda qoldirdi

05.05.2020, 14:22

Samarqand viloyatida 10 nafar, Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 14 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog`ayib, reabilitasiyaga kuzatildi. Bu haqda...
Toshkentda 23 nafar bemor tuzaldi, ular orasida homilador ayollar bor

03.05.2020, 16:42

Toshkent tibbiyot akademiyasining  ko`p tarmoqli klinikasidan 14 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 7 nafar hamda Toshkent shahridagi 3-sonli tug`ruq majmuasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan...
Koronavirusdan shifo topgan bemor klinika eshigiga xat yozib qoldirdi

03.04.2020, 22:58

COVID-19 infeksiyasidan shifo topgan Nik Braun ismli inson o`zi davolanib chiqqan Ogayo klinikasining eshigiga xat yozib qoldirdi. Bu haqda The Mirror xabar berdi.38 yoshli bu erkak koronavirus...
Testlar ham adashishi mumkin

22.03.2020, 18:04

Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovning ma`lum qilishicha, Xorazmdagi bemorda dastlabki tekshiruv natijalari u koronavirusga chalinganini ko`rsatgan va  koronavirus bemorlari ro`yxatiga kiritilgan.  Takroriy tekshiruvda, boshqa...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1