AsosiyJamiyat

Koronavirus: bemorlar orasida chaqaloq va 79 yoshgacha bo`lgan hamyurtlarimiz bor

Sog`liqni saqlash vazirligi mamlakatimizdagi bemorlar qanday yo`l bilan infeksiyaga  ...

'Koronavirus: bemorlar orasida chaqaloq va 79 yoshgacha bo`lgan hamyurtlarimiz bor'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi mamlakatimizdagi bemorlar qanday yo`l bilan infeksiyaga  chalingani haqida ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 263 nafar fuqarodan 102 nafari xorijda yuqtirgan, 161 nafari esa ular bilan muloqotda bo`lgan.

Bemorlarning 120 nafari erkak, 143 nafari ayollar bo`lsa, shundan 13 nafari voyaga etmagan bolalardir.

Yosh jihatidan ajratadigan bo`lsak quyidagi manzara namoyon bo`ladi:

0-9 yoshgacha – 8 nafar;

10-19 yoshgacha – 10 nafar;

20-29 yoshgacha – 51 nafar;

30-39 yoshgacha – 63 nafar;

40-49 yoshgacha – 73 nafar;

50-59 yoshgacha – 40 nafar;

60-69 yoshgacha – 13 nafar;

70-79 yoshgacha — 5 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 146 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Farg`ona viloyatida, 28 nafari Namangan viloyatida, 30 nafari Andijon viloyatida, 14 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida va 2 nafari Navoiy viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda.  

 

 

    Boshqa yangiliklar