1

Xorijda qiynalib qolgan o`zbekistonliklarga yordam berish uchun maxsus hisob raqam ochildi

Iqtisodiyot 05.04.2020, 18:15
Teglar: hisob raqam, xorij
Xorijda qiynalib qolgan o`zbekistonliklarga yordam berish uchun maxsus hisob raqam ochildi

O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi  SOVID-2019 koronavirusi pandemiyasidan jabr ko`rganlar uchun mablag` yig`ilayotganini ma`lum qildi.

“O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi Elchixonasi tomonidan SOVID-2019 koronavirus infeksiyasining tarqalishi munosabati bilan O`zbekistondagi aholining zaif qatlamlari hamda xorijda og`ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yordam berish maqsadida maxsus hisob raqami ochildi”, - deyilgan xabarda.

O`zbekistonga va o`zbekistonliklarga yordam berish istagida bo`lgan xususiy shaxslar va/yoki rasmiy tashkilotlar xayriya mablag`larini o`tkazishlari mumkin. Bu haqda elchixonaning Feysbuk ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu jarayonning ochiqligi va shaffofligini, shuningdek, kelib tushadigan mablag`lardan maqsadli foydalanilishi haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida, elchixona ijtimoiy tarmoqlardagi o`zining rasmiy akkauntlari orqali doimiy ravishda hisobot berib boradi: Facebook: @UzEmbassy.ru; Instagram: @UzEmbassyRussia.

Elchixona xayriya aksiyasiga birinchilardan bo`lib “Baxt-Tekstil” MChJ ta`sischisi Bahritdin Mo`minov o`z hissasini qo`shganini ma`lum qilib, unga vatandoshlarga og`ir damda amaliy yordam berishga tayyorligi uchun minnatdorchilik bildirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1