Bugun Ozarbayjonning Shamkir shahrida shaxmat bo`yicha xalqaro grossmeyster Vugar Gashimov xotirasiga bag`ishlangan nufuzli xalqaro turnir start oladi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.
Unda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen (Norvegiya, 2863), shuningdek, sobiq jahon chempioni Vishvanatan Anand (Hindiston, 2791), dunyo reytingida kuchli o`ntalikda borayotgan shaxmatchilar Fabiano Karuana (Italiya, 2802), Vladimir Kramnik (Rossiya, 2783), Uesli So (AQSh, 2788), Anish Giri (Gollandiya, 2790), Maksim Vashe-Lagrav (Fransiya, 2762), Maykl Adams (Angliya, 2746), Shaxriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon, 2754), Rauf Mamedov (Ozarbayjon, 2651) ishtirok etadi.
1-TUR JUFTLIKLARI:
Vladimir Kramnik (Rossiya) – Maykl Adams (Angliya)
Uesli So (AQSh) – Anish Giri (Gollandiya)
Rauf Mamedov (Ozarbayjon) – Maksim Vashe-Lagrav (Fransiya)
Vishvanatan Anand (Hindiston) – Magnus Karlsen (Norvegiya)
Shaxriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon) – Fabiano Karuana (Italiya)
Birinchi turning o`zidayoq shaxmat ixlosmandlari super uchrashuvga guvoh bo`lishadi. Unda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen sobiq toj egasi Vishi Anand bilan hisob-kitob qiladi. Yaqindagina Karlsen o`z tojiga da`vogar Anandni ikkinchi bor ham mag`lubiyatga uchratgan edi. Bu yilgi turnirning mukofot jamg`armasi 100 ming evroni tashkil qiladi.





