AsosiyJamiyat

A.Shodmonov tomonidan aytilgan bir shaxs 52 nafar shaxsga kasallikni yuqtirgani og`zaki anglashilmovchilik — SSV

Sog`liqni saqlash vaziri A. Shadmanovning ommaviy axborot vositalarida chiqishi davomida T...

'A.Shodmonov tomonidan aytilgan bir shaxs 52 nafar shaxsga kasallikni yuqtirgani og`zaki anglashilmovchilik — SSV'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vaziri A. Shadmanovning ommaviy axborot vositalarida chiqishi davomida Toshkent viloyatida yashovchi koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxs kasallikning belgilari bo`lishiga qaramay (yo`tal, tana haroratining ko`tarilishi va hansirash), jamoat joylariga borganligi va 52 nafar shaxsni zararlagani holati bo`yicha quyidagini ma`lum qildi:

Bugungi kunda fuqarolarimiz tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq tushuntirish ishlari va uning tarqalishini oldini olishga qaratilgan qator choralar ko`rilishiga qaramay, o`zlarining hamda atrofdagilarning sog`lig`iga mas`uliyatsizlik bilan yondashish holatlari kuzatilmoqda. Natijada bir nafar kasallangan shaxs bir necha shaxslarni zararlashi holatlari kuzatilmoqda.

Shuni aytib o`tish joizki, Toshkent viloyatida kasallanganlar soni 2020 yilning 6 aprel soat 12:00 holatiga 29 nafarni tashkil etgan. Hududlar bo`yicha kasallanganlik holatlari esa shu muddatda quyidagicha bo`lgan:

1 Qoraqalpog`iston Respublikasi 11 nafar

2 Andijon viloyati 71 nafar

3 Buxoro viloyati 8 nafar

4 Jizzax viloyati 2 nafar

5 Qashqadaryo viloyati 17 nafar

6 Navoiy viloyati 5 nafar

7 Namangan viloyati 42 nafar

8 Samapqand viloyati 21 nafar

9 Supxondaryo viloyati 5 nafar

10 Sirdaryo viloyati 4 nafar

11 Toshkent viloyati 29 nafar

12 Farg`ona viloyati 24 nafar

13 Xopazm viloyati 4 nafar

14 Toshkent shahri 147 nafar

Ushbu jadvalda hududlar kesimida kasallanish holatlari fuqarolarning doimiy yashash manzillariga nisbatan olingan.

Sog`liqni saqlash vazirligi bugungi kunda xalqimiz salomatligi va epidemiologik osoyishtalikni ta`minlash maqsadida vazir boshchiligida tunu kun xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, A. Shadmanov tomonidan bir shaxs 52 nafar shaxsga kasallikni yuqtirgani og`zaki anglashilmovchilik bo`lib, kasallikka chalingan shaxs mas`uliyatsizligi sabab 52 nafar shaxs bilan yaqin muloqotga kirishganligi keltirilgan.

Ta`kidlash joizki, Sog`liqni saqlash vazirligi koronavirus kasalligini tarqalishini oldini olish maqsadida barcha choralarni ko`rmoqda, shuningdek, epidemiologik osoyishtalikni ta`minlash maqsadida fuqarolarimizdan ko`rilayotgan karantin choralari hamda cheklovlarga amal qilinishini yana bir bor so`rab qoladi.

Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

    Boshqa yangiliklar