Xabar berganimizdek, bir necha kun avval poytaxtimizdagi "JAR" sport majmuasida shotokan karate-do bo`yicha yoshlar va kattalar o`rtasidagi O`zbekiston chempionati yakuniga etdi. Ushbu turnir o`z yosh toifalaridagi kuchlilarni aniqlashdan tashqari Gruziyaning Tbilisi shahrida bo`ladigan xalqaro musobaqaga boradigan va yurtimizning turli yoshdagi terma jamoasini aniqlab berdi, deya xabar beradi sports.uz nashri.
– Bir necha yil murabbiyim bilan o`z ustimda ishlaganimdan sababli 2 yildan beri kumite bahslarida g`olib bo`lmoqdaman. Yoshlar terma jamoasi tarkibiga kirganimdan mamnunman. Gruziyada ham o`z mahoratimni namoyish etib, shohsupaning yuqori pog`onasiga ko`tarilishga va`da beraman, – deydi Axror Irisqulov.





