1

Jahon banki O`zbekistonga jami 14 milliard dollar ajratadi

Iqtisodiyot 07.04.2020, 16:05
Jahon banki  O`zbekistonga jami 14 milliard dollar ajratadi

Jahon banki yangi koronavirus — COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan qabul qilingan iqtisodiy tanglikka qarshi dastur doirasida O`zbekiston hukumatiga 14 milliard dollar miqdorida ko`mak ajratadi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo`yicha guruhi vise-prezidenti Siril Myuller o`rtasida onlayn-uchrashuv tashkil etildi. Videokonferensiya shaklida uyushtirilgan mazkur muloqot davomida Mamlakatlararo hamkorlik platformasi doirasida O`zbekistonning xalqaro moliya institutlari, jumladan, Jahon banki bilan munosabatlari masalalari ko`rib chiqildi. 

Tomonlar, xususan aholini koronavirusdan himoya qilish, korxonalarni, birinchi navbatda, kichik va o`rta biznes sub`ektlarini, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni, xususiy tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan istiqbolli qo`shma loyihalarni muhokama etishdi. Shuningdek, O`zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga global koronavirus pandemiyasi salbiy ta`sirini yumshatishda Jahon banki ko`magining imkoniyatlari va mexanizmlari kelishib olindi.

Ayni payt JB tomonidan mamlakatimizga sog`liqni saqlash tizimini moliyalashtirish, ijtimoiy muhofaza institutlari va muassasalarini qo`llab-quvvatlash uchun tezkorlik bilan 1,2 milliard dollar yordam ko`rsatish masalasi faol ko`rib chiqilyapti. Zero, Myuller O`zbekistonga moliyaviy ko`mak berish masalasi tuzilma kun tartibidagi ustuvor bandlardan biri sifatida e`tirof etilganini qayd etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1