2020 yil 7 aprel holatiga ko`ra Qoraqalpog`iston Respublikasida koronaviruska chalingan bemorlar soni 11 nafarni tashkil etmoqda.
6 aprel kuni Nukus shahrida yashaydigan bir erkak kishi va uning onasida «COVID-19» infeksiyasi aniqlangani va ular bilan muloqotda bo`lgan kishilar karantinga olinib, ulardan ham tahlillar olingan edi.
Tahlil natijalariga ko`ra, afsuski, yana quyidagilarda koronavirus kasalligi aniqlangan:
‒ erkak kishining ayoli va ularning ikki qizida;
‒ erkak kishi bilan onasiga tibbiy yordam ko`rsatgan hamshira va uning qizida;
‒ erkak kishi bilan birga ishlaydigan erkak kishida;
‒ Favqulodta vaziyatlar vazirligida xizmat safari bilan Toshkent shahridan kelgan 3 nafar erkak kishida.
Hozirda kasallanganlar Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning ahvoli o`rtacha darajada.
Epidemiologik tekshirish ishlari davom etmoqda.
Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizga – shunday qiyin va ma`suliyatli kunlarda shifokorlar talablariga va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik tartiblariga amal qilish juda muhim va shart ekanini yana bir bor eslatamiz.
Tartib kuchaytirilgan davrda ko`chada yurgandan ko`ra, uyda qolish o`ta muhim. Bu bilan o`zingizni, shuningdek, oilangizni, yurtimizni va jamiyatimizni koronavirus balosidan asrashga o`z hissangizni qo`shgan bo`lasiz.