AsosiyJamiyat

"O`zini yakkalash" hayot tarzida oziq-ovqat mahsulotlari xaridi bo`yicha 5 ta eng muhim tavsiya

'"O`zini  yakkalash" hayot  tarzida  oziq-ovqat  mahsulotlari  xaridi bo`yicha 5 ta eng muhim tavsiya'ning rasmi

Xabaringiz bor, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish hamda nazoratdan chiqarmaslikni ta`minlash maqsadida  joriy yil 6 apreldan “o`zini yakkalash” hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etilgan.

"O`zini  yakkalash" hayot  tarzida  oziq-ovqat  mahsulotlari  xaridi bo`yicha  "O`zbekoziqovqatxolding" 5 muhim tavsiya berdi:

* Oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddatga, ortig`i bilan sotib olish shart emas, boisi savdo shahobchalarimiz  etarli  darajada  zaxiraga ega.

* Tez buziluvchan mahsulotlarni keyinroqqa qoldirib, asosan xona haroratida yaxshi saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olgan  ma`qul. Asosiysi, mahsulotning   yaroqlilik muddati, qadoqning nuqsonsizligi va tarkibini tekshirib olish muhim.

* Onlayn buyurtma qanday tarzda etkazib berilganligini tekshirish zarur. Tez buziluvchan oziq-ovqatlar muzlatkich-xaltasi yoki termopaketda saqlangan bo`lishi kerak.  Agar bu qoidaga rioya qilinmagan bo`lsa, buyurtmani ikkilanmay qaytaring.

* Do`konga yo`l olayotganda shaxsiy gigiena qoidalarini unutmang! Agarda qo`lingizda qo`lqop bo`lmasa, aravachalarni va savatchalarni spirtli sochiqlar bilan artish kerak. Onlayn xaridlarda esa mahsulotlarni ochishdan oldin qo`lni albatta sovun bilan  yuvish zarur.  

* "O`zini yakkalash" hayot  tarzida ko`proq meva-sabzavot,  oqsilga boy  mahsulotlarni iste`mol  qilgan ma`qul. Bunday ovqatlanish  immunitet oshishiga  yordam  beradi hamda ortiqcha  vazndan  saqlaydi.

 

Boshqa yangiliklar