1

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor o`pka va yurak etishmovchiligidan vafot etdi

Jamiyat 08.04.2020, 11:44
Teglar: koronavirus
Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor o`pka va yurak etishmovchiligidan vafot etdi

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro Sh. shu yilning 30-mart kuni tez tibbiy yordam orqali og`ir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga barcha zarur muolajalar ko`rsatilgan. Shu yilning 31- mart kuni bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga o`tkazilgan. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasi unda koronavirus infeksiyasi borligini tasdiqlagan.

 

40 yoshli bemor ushbu klinikaning reanimasiya bo`limida sun`iy nafas olish apparatida bo`lgan.Davolanish davrida tibbiyot fanlari doktori, professor A. Xadjibaev rahbarligida Sog`liqni saqlash vazirligi bosh pulmonologi, professor I. Liverko, etakchi reanimatologlar D. Sobirov va X. Sattarov ishtirokida videoaloqa orqali kerakli tavsiyalar berib borilgan. Bundan tashqari, davolash standartlariga muvofiq, virusga qarshi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.

 

Biroq qator soha mutaxassislarining o`tkazgan tezkor reanimasion muolajalariga qaramasdan kecha oqshom bemorning ahvoli keskin yomonlashgan.Etakchi reanimatolog va bosh torakal xirurg Sh. Xudoybergenov boshchiligidagi mutaxassislardan kerakli tavsiyalar ham olingan. Berilgan tavsiyalarni to`liq bajarilishiga qaramasdan bemor Sh.da yurak va o`pka etishmovchiligi sabab yurak faoliyati to`xtashi kuzatilgan.

 

Sharhlar

Koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasi insult xavfini keltirib chiqarmaydi — JSST 

23.01.2023, 11:20

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining immunizasiya va vaksinasiya masalalari bo`yicha direktori Keyt O’Brayen koronavirusga qarshi emlash vositalari samaradorligi va xavfsizligi haqida bayonot berdi. Bu haqda SSV...
⚡️Xitoyda bir kunda 37 millionga yaqin odam COVID-19 bilan kasallandi

23.12.2022, 20:25

20 dekabr kuni bir kunda Xitoyda 37 million kishi koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda Bloomberg agentligi Xitoy sog`liqni saqlash milliy komissiyasining yopiq yig`ilishiga tayanib xabar...
Shifokorlar yangi to`lqindagi koronavirusning avvalgilari bilan farqlari haqida ma`lum qildi

06.09.2022, 09:07

Yangi to`lqindagi koronavirus belgilari SARSga o`xshaydi va pnevmoniya va bronxit kamroq tarqalgan, deydi shifokorlar. Bu haqda "stopkoronavirus.rf" saytida xabar qilindi. Yangi to`lqinda COVID-19 ning oldini olish...
19 iyul kuni O`zbekistonda yana 70 kishida koronavirus aniqlandi — SSV

20.07.2022, 10:34

Kecha, 19 iyul kuni O`zbekistonda yana 70 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Shu bilan, 2022 yil 19 iyul holatiga ko`ra,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1