AsosiyJamiyat
5330

Buxoroda koronavirusga chalinganlar sonining keskin oshib ketishiga nima sabab bo`ldi?

'Buxoroda koronavirusga chalinganlar sonining keskin oshib ketishiga nima sabab bo`ldi?'ning rasmi

Mazkur savolga bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda o`tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov javob berdi.

– Buxoro viloyatida kasallik aniqlanganlar soni keskin oshgani aniq sabablari bor. Bu viloyatga deyarli bir vaqtda xorijdagi ko`pchilik fuqarolarimiz olinib kelinib, karantinga olingan. Dastlab 239 fuqaro Turkiyadan olib kelingan, ular 8 kun davomida Turkiya aeroportlarida qolib ketganlar, sharoit tufayli ehtiyotsizlikka yo`l qo`yganlar, ularning 66 nafarida bu kasallik aniqlandi. Bundan tashqari, Rossiyadan 530 fuqaro olib kelindi, ular ham 2-5 kun aeroportlarda bo`lishgan. Ular orasidan ham aniqlanyapti. 

Eslatib o`tamiz, 6 aprel kuni bu viloyatda bemorlar soni 19 nafar edi, 7 aprelga kelib bemorlar soni keskin o`sishi kuzatilgan va ular soni 84 nafarga etgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar