AsosiyJamiyat

FVV ogohlantiradi: Ertaga Toshkentda kuchli bo`ron kutilmoqda

'FVV ogohlantiradi: Ertaga Toshkentda kuchli bo`ron kutilmoqda'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi matbuot kotibi bildirishicha 9 aprelda ob-havo yanada o`zgarishi, kuchli shamol  bo`lishi kutilmoqda. Shu sababli fuqarolardan ko`chaga chiqmaslik, har xil baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ogohlikni oshirish so`ralmoqda. 

Shamolning tezligi 28 m.s.gacha  bo`lishi aytilmoqda. Bunday tezlikdagi shamolda ayniqsa yomg`irdan so`ng tuproq yumshashi, shu bois daraxtlar ildizidan uzilishi xavfi bor. 

Shuningdek havo harorati ilkis tushib ketishi, ayrim joylarda -5 daraja sovuq bo`lishi qayd etilgan. Shuning uchun FVV aholidan barcha kommunal tizimlarning foydalanishga yaroqli holda bo`lishini nazorat qilishni so`raydi. 

Bundan tashqari ko`chalardagi reklama ustunlari, qurilish kranlari va boshqa texnikalar ham kuchli bo`ron paytida fuqarolar va mol-hol, ko`chmas mulk uchun xavf tug`dirishi mumkin. 

Agarda ob-havo o`zgarishi bilan bog`liq kutilmagan vaziyatlar bo`lsa 101, 1050, (71) 2126982, (71) 212 6984 telefonlariga murojaat qilish so`raladi.

Boshqa yangiliklar