AsosiyJamiyat

Tomorqalar holati dronlar orqali monitoring qilinadi

8 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o`tkazilgan videoselektor yig`...

'Tomorqalar holati dronlar orqali monitoring qilinadi'ning rasmi

8 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida tomorqalarda etishtirilgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorga etkazib berish masalasiga ham e`tibor qaratildi.

“Hozirgi sinovli davrda tomorqa erlariga ekin ekmaslik, qarovsiz tashlab qo`yish yurtga va erga nisbatan xiyonat deb baholanishi kerak” deydi davlatimiz rahbari.  

Shuning uchun tomorqadan samarali foydalanmayotgan xonadon egalari rasman ogohlantirilishi, undan keyin ham ekin ekmaganlarga er solig`i oshirilgan stavkada qo`llanilishi ma`lum qilindi.

Bu borada mutasaddi rahbarlarga tegishli hujjatni qabul qilish topshirildi. Tomorqalar holatini dronlar orqali monitoring qilish hamda ulardan unumli foydalanish uchun har bir sektor kesimida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi

    Boshqa yangiliklar