Mamlakat bo`yicha tahlil qiladigan bo`lsak, kasallik 94 ta holatda chet elda bo`lgan fuqarolarda aniqlangan hamda ulardan ketma-ketlikda tarqalgan 440 ta holatda fuqarolarimiz kasal bo`lgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov brifingda ma`lum qildi.
Bugungi kunda xorijdan kelgan 94 nafar fuqarodan tarqalishi mumkin bo`lgan 100 mingdan ortiq aholining to`liq ro`yxati shakllantirilib, har biri bo`yicha alohida-alohida surishtirish ishlari, profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Muloqotda bo`lganlarni tahlil qilganimizda, infeksiya 19 ta oilada qayd etilgani va ulardan oila a`zolariga, qarindosh-urug`lariga tarqagani aniqlandi.
Chet eldan yuqtirib kelgan fuqarolar orqali 40 ta korxona, tashkilotlarda ishlaydigan hamkasblariga yuqtirganlik holatlari aniqlangan.