AsosiyJamiyat

Qaysi kasb egalari koronavirus bilan ko`proq kasallanishi mumkinligi ma`lum qilindi

'Qaysi kasb egalari koronavirus bilan ko`proq kasallanishi mumkinligi ma`lum qilindi'ning rasmi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov tomonidan qaysi kasb egalari koronavirus bilan ko`proq kasallanishi mumkinligi ma`lum qilindi.

 "Kontingent riska" degan tushuncha bor, ya`ni xavflilik darajasi yuqori bo`lgan aholi qatlami, xavf bevosita kasbiga bog`liq bo`lgan sohada ishlovchi fuqarolarimiz mavjud.

Bular, birinchi navbatda bemorlar bilan muloqotda bo`ladiganlar, ya`ni tez tibbiy yordam xizmati xodimlari, shifokorlar, feldsherlar.

Bugungi kunda ular kasallanmasligi uchun maxsus tayyorgarlikdan o`tkazilgan. Shuningdek, Toshkent shahri va viloyat markazlarida tez tibbiy xodimlari, shifoxonalar, oilaviy poliklinikalardagi fuqarolar bilan to`g`ridan-to`g`ri ishlaydigan registratura xodimlari, qabul bo`limidagi shifokorlar, hamshiralarni TEKShIRISh rejalashtirilgan.

Shuningdek, jamoatchilik bilan ko`p ishlaydigan kasb egalari bor. Bular kassirlar, sotuvchilar bo`lishi mumkin.

Umuman, kasallik yuqtirish ehtimoli yuqori bo`lgan kasb egalarining RO`YXATI shakllantirilgan. Ushbu kasb egalarini epidemiologik ko`rsatmaga asosan tekshirish ishlari rejalashtirilgan.", deydi B.Almatov.

Boshqa yangiliklar