1

Prezident bog` va tokzorlar orasiga poliz ekinlarini ekishga ko`rsatma berdi

Iqtisodiyot 11.04.2020, 02:05
Prezident bog` va tokzorlar orasiga poliz ekinlarini ekishga ko`rsatma berdi

10 aprel, juma kuni Prezident Shavkat Mirziyoev paxtachilik va g`allachilik masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishini o`tkazdi. Unda pandemiya davrida barcha davlatlar oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan jiddiy choralarni ko`rayotgani ta`kidlandi.

Ma`lumotga ko`ra, o`tgan yili may-dekabr oylarida yurtimizga 116 ming tonna kungaboqar, 7 ming tonna soya, 15 ming tonna guruch, 2,6 ming tonna dukkakli ekin yormalari import qilingan.

Bu oziq-ovqat mahsulotlari turlari va hajmini ko`paytirish ustida jiddiy ishlash kerakligini anglatadi. Nafaqat import o`rnini to`ldirish, balki yangi eksport bozorlarida o`rin topish zarur. Shunda hozirgi global inqirozdan kuchli davlat bo`lib chiqish mumkin.

Yig`ilishda davlat rahbari qishloq xo`jaligi mahsulotlari hajmini ko`paytirish maqsadida 10 ming gektar yangi bog` va 9 ming gektar tokzorlar orasiga kartoshka, sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz, ko`kat, no`xat, mosh, loviya, pomidor, bodring, bulg`or qalampiri va poliz ekinlari ekish bo`yicha ko`rsatma berdi.

Shuningdek, Baxmal, Yangiobod, Forish va Qo`shrabot tumanlarida 10 ming gektar lalmi er maydonlarida barpo etilgan uzumzorlarni barcha viloyatlarda joriy qilish zarurligi qayd etildi.

Barcha sektor rahbarlari o`z hududida oziq-ovqat zaxirasini hisob-kitob qilib, ichki imkoniyatlarini kengaytirib borishi kerakligi aytildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1