AsosiyJAMIYAT

Qo`qonda fohishaxona tashkil qilgan ayol qamoqqa olindi

Qo`qon shahar IIO FMB xodimlari tomonidan 6 aprel kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida...

'Qo`qonda fohishaxona tashkil qilgan ayol qamoqqa olindi'ning rasmi

Qo`qon shahar IIO FMB xodimlari tomonidan 6 aprel kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Z.M. ismli ayol yashash xonadonida fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi.

Farg`ona viloyati IIB xabar berishicha, ushbu ayol T.Sh. va T.N.larni  jinsiy aloqa qilishi uchun 300.000 so`m evaziga sharoit yaratib bergan vaqtda ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Z.M.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.

    Boshqa yangiliklar