O`zbekiston Prezidentining 19 martdagi Farmoni talablari hamda tadbirkorlik sub`ektlaridan kelib tushgan murojaatlar asosida umumiy hisobda 109 ta tadbirkorlik sub`ektlarining 16,3 mlrd.so`mlik soliq to`lovlarini kechiktirish bo`yicha imtiyozlar yaratib berilgan. Bu haqda viloyat hokimligining Moliya bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Shundan:
- 67 ta sanoat korxonalariga – 12,1 mlrd.so`mlik;
- 5 ta qurilish korxonalariga – 0,2 mlrd.so`mlik;
- 18 ta xizmat ko`rsatish sohasiga – 1,5 mlrd.so`mlik;
- 19 ta boshqa korxonalarga – 2,5 mlrd.so`mlik imtiyozlar yaratilishi ko`zda tutilgan.







