1

Xalqaro reyting agentligi: O`zbekiston uzoq muddatli kredit reyting ko`rsatkichini barqaror darajada saqlab qoldi

Iqtisodiyot 13.04.2020, 21:42
Xalqaro reyting agentligi: O`zbekiston uzoq muddatli kredit reyting ko`rsatkichini barqaror darajada saqlab qoldi

2020 yilning 10 aprel kuni “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi O`zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingi bo`yicha navbatdagi hisobotini e`lon qildi. Unga ko`ra, mamlakatimiz suveren kredit reytingi “VV-” (“Barqaror” prognozi) darajasida saqlab qolindi, deya xabar bermoqda Moliya vazirligi.

“Fitch Ratings”ning ta`kidlashicha, COVID-19  pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan global inqiroz sharoitlarida O`zekiston reytingining saqlab qolinishiga asosiy omillar mamlakatimizda mustahkam tashqi va fiskal zaxiralarning mavjudligi, diversifikasiyalangan tovarlar eksporti bazasi hamda tashqi moliyaviy manbalardan foydalanish imkoniyatlari hisoblanadi. 

Agentlik fikriga ko`ra, mazkur omillar O`zbekistonning global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta`sirini yumshatish bo`yicha choralarni moliyalashtirish, iqtisodiy o`sishni qo`llab-quvvatlash hamda joriy operasiyalar hisobi defisitining yuqoriligi va davlat qarzining oshishi bilan bog`liq qisqa muddatli xatarlarni yumshatishga xizmat qiladi.

COVID-19pandemiyasiga qarshi kurashish, aholi bandligi, ijtimoiy to`lovlarning amalga oshirilishi, iqtisodiy va investisiyaviy faollikni qo`llab-quvvatlash maqsadida Moliya vazirligi huzurida Inqirozga qarshi kurash jamg`armasining (1 mlrd. AQSh dollari hajmida) tashkil etilganligi hamda Hukumat tomonidan maqsadli va vaqtinchalik soliq imtiyozlari, tegishli sektorlarning kredit to`lovlarini kechiktirish imtiyozlarining (3 mlrd. AQSh dollari hajmida) taqdim etilishi alohida ta`kidlandi.

Ma`lumot uchun. COVID-19 pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta`siri tufayli Xalqaro agentlik bir necha suveren kredit reytinglarni yoki prognozlarni pasaytirdi. O`tgan haftaning o`zida, Janubiy Afrika Respublikasi, Kolumbiya, O`mon Sultonligi hamda Nigeriya Federal Respublikasining reytinglari  pasaytirildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1