AsosiyJamiyat

Diqqat! Iti bilan sayrga chiqib, qaytib kelmagan 16 yoshli qiz qidirilmoqda!

Shu yilning 11 aprel kuni Rustam R. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 10 aprel kuni...

'Diqqat! Iti bilan sayrga chiqib, qaytib kelmagan 16 yoshli qiz qidirilmoqda!'ning rasmi

Shu yilning 11 aprel kuni Rustam R. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 10 aprel kuni taxminan soat 08.10larda uning qizi, 16 yoshli Milana Rapikova uyidan (Toshkent shahri, Mirzo Ulug`bek tumani, TTZ-2 massivi, 12-uy) itni sayr qildirish uchun chiqib ketib, qaytib kelmaganini ma`lum qilgan.

Belgilari: bo`yi 160-165 sm, sochi och jigarrang.

Kiyingan: qora sport kostyumi, oq rangli baletka.

Itning zoti mops. Laqabi – «Nayda», binafsharang bo`yinbog`i bo`lgan.

«Hurmatli fuqarolar! Milananing qaerdaligi haqida biron bir ma`lumotga ega bo`lsangiz, iltimos, quyidagi telefon raqamlari orqali xabar bering: 97-735-27-76, 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102», deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

    Boshqa yangiliklar