AsosiyIqtisodiyot

2020 yil aprel oyi pensiya va nafaqa to`lovlari to`liq moliyalashtirildi

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`arma...

'2020 yil aprel oyi pensiya va nafaqa to`lovlari to`liq moliyalashtirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi apparati tomonidan joriy yilning aprel oyi pensiya va nafaqa to`lovlari uchun talab qilingan mablag`lar 2020 yil 8 aprel sanasiga qadar to`liq moliyalashtirildi.

Shuningdek, ishlovchi fuqarolarga pensiya va nafaqa to`lovlari uchun mablag`lar korxona va tashkilotlarning talabnomalariga asosan 13 aprelgacha moliyalashtirib berildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tavsiyasiga asosan aholiga ish haqi va pensiya to`lovlarini ustuvor ravishda bosqichma-bosqich bank kartalari orqali amalga oshirish choralari ko`rilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar