Dollar nega oshib ketyapti? Mutaxassis javobi

Iqtisodiyot 14.04.2020, 15:21
Dollar nega oshib ketyapti? Mutaxassis javobi

“Oxirgi kunlarda dollar kursi sezilarli oshmoqda. Buning sababi nimada?»

Ko`pchilikni qiziqtirgan ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda Markaziy bank Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikasion siyosat departamenti direktori o`rinbosari Akmal Nazarov javob berdi.

"Milliy valyuta kursining o`zgarishi talab va taklifning ichki va tashqi omillari ta`sirida, birinchi navbatda, joriy operasiyalar hisobvarag`i o`zgarishi asosida shakllanadi. 

So`nggi oylarda asosiy tashqi savdo hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli darajada qadrsizlanishi hamda koronavirus pandemiyasiga qarshi ko`rilayotgan choralar natijasida transchegaraviy pul o`tkazmalarning ma`lum bir darajada pasayishi kuzatilmoqda. 

Ushbu omillar ta`sirida ichki valyuta bozorida aprel oyida so`mning xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kursi tebranuvchanligining oshishi va ma`lum darajada qadrsizlanishi kuzatilyapti.

Markaziy bank so`m almashuv kursining keskin qadrsizlanishi ehtimolini past darajada baholamoqda. 

Dastlabki prognozlarga ko`ra, qisqa muddatli davrda so`m almashuv kursi ma`lum bir kichik o`zgarishlardan keyin o`zining fundamental trendiga yaqin darajada shakllanadi.

Shu bilan birga, Markaziy bank tijorat banklari kassalarida konverciya operasiyalarini amalga oshirish uchun etarli miqdorda naqd xorijiy valyuta mavjudligini va barcha banknotalar dezinfeksiya qilinganini ma`lum qiladi. 

Banklarning ayirboshlash shaxobchalari odatdagi rejimda ishlamoqda va naqd xorijiy valyutani sotish va sotib olish bo`yicha hech qanday cheklov va to`siqlar o`rnatilmagan."

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1