AsosiyJamiyat

Qashqadaryolik shifokorlar karantin qoidalariga zid ravishda to`y qildi. Vaziyat o`rganilmoqda

Ijtimoiy tarmoq orqali tarqalgan murojaatda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida 14 aprel...

'Qashqadaryolik shifokorlar karantin qoidalariga zid ravishda to`y qildi. Vaziyat o`rganilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoq orqali tarqalgan murojaatda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida 14 aprel kuni ikki qo`shni quda bo`lishib, karantin qoidalarini buzgan holda to`y qilishgani, qudalar tibbiyot xodimlari ekanligi haqida xabar berildi.  Ayni paytda mazkur holat huquqni muhofaza qilish idoralari mutasaddilari tomonidan o`rganilayotgani haqida Qashqadaryo viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati ma`lum qildi.

“Daryo” nashrining ta`kidlashicha, to`y 14 aprel kuni bo`lib o`tgan. To`yga 50 nafar mehmon chaqirilgan.

«Kuyovning onasi bilan suhbatlashganimizda to`yga xonanda chaqirmadik, shunchaki, kelinni olib keldik», — dedi «Daryo» muxbiri bilan suhbatlashgan manba. Qo`shimcha qilinishicha, kelinning otasi M.R. tez tibbiy yordamda bosh shifokor, onasi T.X. ham shifokor bo`lib ishlaydi. Oila tumanning «Quruvchilar» mahallasida yashaydi. Kuyovning opasi F.A. ham oliy toifali shifokor.

    Boshqa yangiliklar