AsosiyJamiyat

Toshkent ko`chalarida mashinada yigitga to`pponcha tutganini ko`z-ko`z qilib borayotgan qiz videosi tarqaldi (video)

Xabaringiz bor, butun dunyoda, xususan, O`zbekistonda ham koronavirus pandemiyasi sabab bi...

'Toshkent ko`chalarida mashinada yigitga to`pponcha tutganini ko`z-ko`z qilib borayotgan qiz videosi tarqaldi (video)'ning rasmi

Xabaringiz bor, butun dunyoda, xususan, O`zbekistonda ham koronavirus pandemiyasi sabab bir qator cheklovlar o`rnatildi. Qat`iy karantin tartibi joriy etildi. Biroq, davlat va hukumat ushbu baloni yo`qotish borasida har qancha say-harakat qilmasin, o`nlab soha vakillari odamlar sog`ligi va tinchligi uchun kunu-tun xizmat olib borayotgan bo`lmasin, ayrim tarbiyasi sust, yoki yosh, yoxud kimningdir arzandasi bo`lgan qiz-yigitlar ayni paytda o`zlarini tobora namoyon etib bormoqda. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan yoshlarning karantin qoidalarini buzib ko`r-ko`rona sayru-sayohat qilgani aks etgan videolar jamoatchilikning g`ashiga tega boshladi. Ayrim ishqibozlar esa hatto qachonlardir olingan noma`qul videolarini aynan karantin paytida ommaga ko`z-ko`z qilib rohatlanmoqda. 

Kuni kecha, "quroli"ni maqtanib, "Kaptiva"da sayr qilgan yigit, derutatning xorijda o`qiydigan erkatoyi bo`lib chiqdi. Ayni paytda esa yana bir video tarmoqda tarqaldiki, unda qimmatbaho mashinada sayr qilayotgan qiz, mashina boshqaruvida bo`lgan yigitga "to`pponch" tirab, shu bilan o`zi zavqlanib bormoqda. Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan bu lavhalar qaerda, qachon va kimlar ishtirokida olingani ma`lum emas. Biroq, hech bir me`yorda to`g`ri kelmasligi aniq.

Balki bular ham bir muddat o`tib, qilgan ishlaridan uzr so`rab chiqar...

 

Eslatib o`tamiz, avvalroq, karantinda Toshkent-Sitini aylanib maqtangan qiz uzr so`rab chiqqan edi. Undan avval esa, 2 yigit va bir qiz Amir Temur haykali oldida ko`rsatgan tomoshasi uchun 15 sutkaga qamaldi. Navbatda esa yana bir qiz 15 sutka uchun davogar bo`lib turgandi.

    Boshqa yangiliklar