AsosiyJamiyat

Andijonlik biolog: “Koronavirusga qarshi dori topdim, ammo “tabibsan”, deb hech kim e`tibor bermayapti” (Video)

Andijonlik biolog ishonch bilan koronavirusni davolovchi dori yaratganini aytyapti, lekin...

'Andijonlik biolog: “Koronavirusga qarshi dori topdim, ammo “tabibsan”, deb hech kim e`tibor bermayapti” (Video)'ning rasmi

Andijonlik biolog ishonch bilan koronavirusni davolovchi dori yaratganini aytyapti, lekin “Sen, tabibsan”, deb unga e`tibor berishmayotganidan o`pkaladi:

“Nega endi biz hamma narsa chet eldan olib kelinishini kutishimiz kerak? Amerika qachon vaksinani kashf qiladi, deb kutib o`tiramizmi? Olimlarimiz qaerga qarayapti? Otabek Nurmatov chiqib, “tabiblar”, deb gapirdi. Unga qarata “Kim tabib?”, deb savol bergim keldi. Ammo onam “Qo`y, nima qilasan urishib?” degani uchun indamadim. Men oliy ma`lumotli biolog hamda psixologman. Tabiblar insonlarni davolamay nima qiladi? Non yopadimi? Bu narsa pandemiya deb e`lon qilindimi, pandemiya - bu urush degani. Urushda hamma narsani qo`llab ko`rish kerak. Biz qandaydir “roskoshlar”, moddiy manfaatlarga mukkasidan ketganimiz yo`q. Birinchi o`rinda insonlar haqida o`ylaymiz, ular sog`lom bo`lsa o`zimizni baxtli his qilamiz”.

Boshqa yangiliklar