AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida 20 nafar maktab o`quvchisi koronavirusni yuqtirgani ma`lum bo`ldi

'Toshkent shahrida 20 nafar maktab o`quvchisi koronavirusni yuqtirgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov ishtirokida brifing o`tkazildi.
Uning qayd etishicha, Toshkent shahrida 20 nafar maktab o`quvchisida koronavirus aniqlangan.

“Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 355 nafar bemorni kasallikni yuqtirish yo`li bo`yicha tahlil qiladigan bo`lsak, 106 ta holat charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelingan va karantinda saqlangan fuqarolar o`rtasida aniqlangan, — dedi u. Kasallikka chalingan bemorlar mamlakatimizga kirib kelganidan keyin ulardan 175 ta holatda infeksiya boshqalarga ham yuqqani aniqlangan. Shuningdek, yuqish omili aniqlanmagan 48 ta holat mavjud va bu bo`yicha biz epidemiologik tekshirish ishlarini davom ettirmoqdamiz. Bu jarayonga fuqarolarimizning o`zlari, mahalla, ichki ishlar organlari, oilaviy poliklinikalar va boshqa idoralarning mutaxassislari jalb etilgan.

Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallanganlarning 52 nafari uy bekasi, 20 nafari maktab o`quvchisi, 12 nafari uyushmagan yoshlar vakili, 20 nafari ishsiz hisoblanadi. Qayd qilingan bemorlarning ijtimoiy kelib chiqishi, kasbi, yoshi, hayot tarzi, ular bilan muloqotda bo`lganlarning faoliyatini ham chuqur o`rgangan holda tahlil qilib boryapmiz. Kasallikning qay darajada yuqishi, qaysi moyil kontengentlar mavjudligi o`rganilib, kasallik xavfiga duchor bo`lgan shaxslar ro`yxati tuzilib, ularning ustidan tibbiy nazorat, qolaversa, laboratoriya tekshiruvlari orqali salomatligiga baho berish yo`lga qo`yilgan”, – dedi B.Almatov.  

Boshqa yangiliklar