Bugungi kunda yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida bir qator ijtimoiy soha ob`ektlari, xususan umumta`lim maktablari faoliyati to`xtatilgan. O`quvchilar esa o`z uylarida ta`lim olishni davom ettirmoqdalar.

Foto: Sirdaryo viloyat prokuraturasi
O`quvchilarning bilim olishlariga bo`lgan ishtiyoqini yanada oshirish, ularni karantin vaqtida bo`sh vaqtlarini mazmunali o`tkazishlari va kam ta`minlangan oilalarning farzandlarini ijtimoiy qo`llab quvvatlash maqsadida 2-sektor rahbarlari tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Foto: Sirdaryo viloyat prokuraturasi

Foto: Sirdaryo viloyat prokuraturasi
Bunga misol tariqasida, viloyat prokuraturasining tashabbusi bilan joriy yilning 16 aprel kuni “Ezgulik karvoni” tashkil etildi. Ushbu karvon orqali viloyatdagi 2-sektor hududida joylashgan va prokurorlar otalig`ida bo`lganmaktablardagi 1-sinfdan 5-sinfgacha bo`lgan 5.818 nafar hamda uyda ta`lim oluvchi 96 nafar o`quvchilarga karantin qoidalariga rioya qilgan holda 7 turdagi 184,0 mln. so`mlik oziq ovqat mahsulotlari etkazib berildi.

Foto: Sirdaryo viloyat prokuraturasi
Shu bilan birga, shu kuni viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan 11 nafar prokuratura organlari faxriylariga 10 turdagi oziq ovqat maxsulotlari ulashildi.






