AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentda ham 10 nafar bemor sog`aydi. Jami virusni engganlar 214 nafarga etdi

'Bugun Toshkentda ham 10 nafar bemor sog`aydi. Jami virusni engganlar 214 nafarga etdi'ning rasmi

Ayni paytda dunyoda hamon koronavirus pandemiyasi avj nuqtasida turgan bo`lsa-da, shifo topayotgan bemorlar safining kengayib borayotgani odamlarda ushbu infeksiyani engishga bo`lgan ishonchni bermoqda. Yurtimizda ham so`nggi kunlarda sog`ayganlar ko`payib borayapti.

Jumladan, Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 10 nafar bemor butkul sog`aydi. Ular Sog`liqni saqlash vazirligi mas`ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Tuzalganlarning 6 nafari poytaxtimizdan, 3 nafari Toshent viloyatidan va 1 nafari Qashqadaryo viloyatidan. Ulardan 7 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, yuqtirib olishgan. Shuningdek, ularning 2 nafari Rossiyadan poytaxtimizga kelgan va “Sokol” oromgohida karantinga olingan, yana 1 nafari esa Moskva – Toshkent yo`nalishida charter reysi orqali kelgach, Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markaziga joylashtirilgan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanishni boshlashgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo`lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

So`nggi tekshiruv natijalari ushbu bemorlarda infeksiya yo`qligini ko`rsatdi. Mazkur klinikada shu paytga qadar 17 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 27 nafarga etdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan jami 214 nafar bemor to`liq sog`aydi.

Boshqa yangiliklar