AsosiyJamiyat

Deputatlar karantin vaqti uchun talabalarning shartnoma pulini qisqartirish yoki to`lov ta`tili berishni taklif qilmoqda

“Adolat” SDP saylovchilar fikrini inbotga olgan holda, 2019-2020 o`quv yilining ikkinchi y...

'Deputatlar karantin vaqti uchun talabalarning shartnoma pulini qisqartirish yoki to`lov ta`tili berishni taklif qilmoqda'ning rasmi

“Adolat” SDP saylovchilar fikrini inbotga olgan holda, 2019-2020 o`quv yilining ikkinchi yarim yillik uchun to`lanadigan talabalarning to`lov kontrakt summasidan 2 oy uchun qisqartirishni taklif qilmoqda. Bu haqida deputat Farrux ABDUHAMIDOV xabar berdi.

Keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda O`zbekistonda koronavirus pandemiyasi tufayli bir yarim milliondan ortiq fuqarolar ishsiz qolgan. Shuningdek, chet eldan qaytgan 140 mingdan ortiq fuqarolar doimiy daromadlaridan mahrum bo`lgan, 200 mingdan ortiq oila qashshoqlik yoqasiga kelib qolgan.

  • Men bugun mana shu mamlakatimizdagi 1.5 million ishsizlarning farzandlari bo`lgan talabalar haqida o`z fikrimni bildirib o`tmoqchiman. Oxirgi vaqtda o`tkazilayotgan hukumat darajasidagi yig`ilishlarda e`tibor faqat iqtisodiy inqiroz tahlillari va oziq-ovqat masalalariga qaratilmoqda. Ammo biz pandemiya sharoitidan keyingi O`zbekiston taraqqiyotini belgilovchi, kelgusida bunday pandemiyalarni ta`sirini imkon qadar mamlakatimizga etib kelmasligini hal qiluvchi kadrlar bo`lgan talabalarni unutdik, deydi xalqning parlamentdagi vakili. -

Shu boisdan “Adolat” SDP saylovchilar fikrini inbotga olgan holda, 2019-2020 o`quv yilining ikkinchi yarim yillik uchun to`lanadigan talabalarning to`lov kontrakt summasidan 2 oy uchun qisqartirishni taklif etgan.

Va taklifni quyidagicha asoslaydi:

"Bu esa o`z navbatida shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalarning kontrakt miqdorini kamaytirib ko`pgina oilalarga byudjetini tanazzuldan saqlab qoladi. Aks holda, o`z farzandlari kelajagi uchun befarq bo`lmagan hamda 1.5 milliondan ortiq ishsizlar orasidagi ota-onalar farzandlari kontrakti uchun qarzga botadilar. Natijada pandemiya tugasa ham, muammo yakun topmaydi.

Balki o`qishga qatnamayotgan talabani shartnoma pulidan to`liq ozod qilishning imkoni yo`qdir, ammo hech yo`q to`lov miqdorini 2 oy uchun qisqartirish ustida aniq harakatlar olib borilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi.

Yoki banklar ipoteka ta`tillari e`lon qilgani kabi konrakt ta`tillari e`lon qilish kerakdir. Ya`ni, talaba pul to`lashdan ozod qilinmiydi, ma`lum vaqt o`tgandan keyin ota-onasi o`z ish faoliyatini davom ettirib oilaning iqtisodiy ahvoli izga tushgach to`lovni amalga oshiradi.

Menimcha bu takliflarni amaliyotga tadbiq etishda muammo bo`lmaydi. Chunki amaldagi qonunchiligimiz bo`yicha kantrakt to`lovining muddatini belgilash rektorlar vakolatiga berilgan. (faqat o`qishga dastlab 1 kursga qirgan talabalar uchun o`quv yilining 1 semestri komissiya tomonidan belgilanadi)".

 

    Boshqa yangiliklar