AsosiyJamiyat

Erondan issiq va quruq havo oqimi kirib kelmoqda — "O`zGidromet" hafta davomida harorat keskin ko`tarilishini ma`lum qildi

Dushanbadan jumagacha janubiy oqim kuchayadi, ya`ni issiq havo respublikamiz hududini qamr...

'Erondan issiq va quruq havo oqimi kirib kelmoqda — "O`zGidromet" hafta davomida harorat keskin ko`tarilishini ma`lum qildi'ning rasmi

Dushanbadan jumagacha janubiy oqim kuchayadi, ya`ni issiq havo respublikamiz hududini qamrab oladi. Bu haqda "O`zGidromet" xabar bermoqda. 

Bu haftada ham O`zbekistonga Erondan issiq va quruq havo oqimi kirishi davom etadi. O`zbekiston hududining katta qismida havo vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Harorat kechasi 17-22 daraja atrofida, 20-22 aprelda kunduzi 25-30 daraja, 23-24 aprelda 27-32 daraja, janubda va cho`l zonasida ayrim joylarda 33-34 daraja issiqqacha ko`tariladi, bunday haroratlar shu davr uchun xos bo`lgan me`yoriy qiymatlardan 6-8 darajaga yuqoridir. Eslatib o`tamiz, aprelning shu kunlari uchun maksimal harorat rekordlari 32-34 darajani, janub va cho`l zonalarida esa 35-37 darajani tashkil qilgan.

Faqat respublikaning shimoliy hududlariga haftaning ikkinchi yarmida g`arbiy Qozoqistondan nisbatan salqin va kam nam havo oqimi kirishni boshlaydi. 23 aprelda Qoraqalpog`istonda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. Harorat pasayib 24 aprelda kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar